O‘QITISH METODIKASI - ILM SIFATIDA
Keywords:
Metodika, o‘qitish metodikasi, didaktika, nazariya, ta’limot, dialektik uyg‘unlik, umumiy nazariya.Abstract
Ushbu maqolada o‘qitish metodikasi haqida so‘z olib boriladi. Metodika ta’lim va tarbiya usullari haqidagi ta’limot sifatida ta’lim va o‘qitishning umumiy nazariyasi - didaktikaning bir qismi hisoblanadi. Didaktika ta’lim mazmuni, usullari va shakllariga oid barcha masalalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogika esa insonlarni o‘qitish, tarbiyalash va ta’lim berishni o‘z predmeti sifatida qamrab oluvchi keng qamrovli fandir. Alohida fanlarni o‘qitishning xususiy metodikalari pedagogika fanlari umumiy tizimining ajralmas qismlaridir. Ular muayyan fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda pedagogika va didaktikaning asosiy tamoyillarini o‘zida mujassam etadi va qo‘llaydi. Metodika u yoki bu fanni o‘qitish va o‘rganish qonuniyatlari bilan shug‘ullanadi.