OLIY TA’LIM MUASSASASINING SHAXS MA’NAVIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHDAGI O‘RNI
Keywords:
ma’naviy madaniyat, oliy ta’lim, tarbiyaviy funksiyalar, ma’naviyat, aksiologiya, texnokratizm, iste’molchilik falsafasi, Forobiy, Erkayev, Habermas, Fromm, shaxs kamoloti.Abstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarining shaxs ma’naviy madaniyatini yuksaltirishdagi o‘rni falsafiy-aksiologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim jarayonining tarbiyaviy-ma’naviy funksiyasi, ma’naviy qadriyatlarning ta’lim mazmuniga integratsiyasi va universitet muhitining axloqiy-madaniy ta’siri o‘rganilgan. Muallif globallashuv, texnokratizm va iste’molchilik falsafasining oliy ta’limga salbiy ta’sirini tanqidiy tahlil qilib, ma’naviyatni ta’lim tizimining ichki paradigmasi sifatida qayta tiklash zarurligini asoslaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, oliy ta’lim shaxsning faqat intellektual emas, balki ma’naviy barkamolligini ham ta’minlovchi muhitga aylanishi kerak. Maqolada Forobiy, Erkayev, Fromm va Habermas kabi mutafakkirlarning g‘oyalari zamonaviy universitetning aksiologik modelini yaratishda nazariy asos sifatida talqin etilgan.