BINO YER USTI STRUKTURASINING BIKRLIGI VA MURAKKAB ZAMIN SHAROITLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA POYDEVOR PLITALARINI HISOBLASH USULLARINI ISHLAB CHIQISH
Keywords:
Poydevor plitasi dizayni, Murakkab zamin sharoitlari, Chekka elementlar usuli (FEM), Elastiklik moduli, Deformatsiya tahlili, Matematik modellashtirish, Qurilish muhandisligi,Yuklanish taqsimotiAbstract
Ushbu maqolada murakkab zamin sharoitlarini hisobga olgan holda bino yer usti strukturalarining bikrligi va poydevor plitalarini hisoblash usullari ishlab chiqilgan. Tadqiqotda zamonaviy chekka elementlar usuli (FEM) va matematik modellashtirishdan foydalanildi. Zaminning elastiklik moduli va deformatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik grafik va jadval shaklida taqdim etilib, natijalar asosida poydevor plitalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar berildi. Maqolada Scopus bazasidagi maqolalar tahlil qilingan va ushbu tahlillar yordamida poydevor dizaynining yangi texnologik yondashuvlari ishlab chiqilgan. Natijalar poydevor strukturalarining barqarorligini ta’minlash va murakkab zamin sharoitlarini inobatga olgan holda yuklanishlarni to‘g‘ri taqsimlash uchun foydalidir.