ZIYO G‘OKALPNING "TURKCHILIK" G‘OYALARIDA GENDER TENGLIGI MASALALARI
Keywords:
Ziyo G‘okalp, turkchilik, gender tengligi, ayollarning o‘rni, milliy uyg‘onish, madaniy rivojlanish, ayollar huquqlari, ta’lim va tarbiya, jamiyat tengligi, turkiy millat tushunchasi.Abstract
Ushbu maqola Ziyo G‘okalpning "Turkchilik" g‘oyalari doirasida gender tengligi masalalarini tahlil qiladi. Maqolada Ziyo G‘okalpning ayollarga bo‘lgan munosabati, ularning ta’lim, tarbiya va ijtimoiy hayotdagi o‘rni haqidagi qarashlari yoritilgan. G‘okalpning fikricha, ayollar jamiyat rivoji va milliy uyg‘onishning ajralmas qismi bo‘lib, ularning faol ishtirokisiz haqiqiy madaniy va milliy yuksalishga erishib bo‘lmaydi. Shuningdek, maqolada G‘okalp qarashlarining zamonaviy gender tengligi masalalari bilan bog‘liqligi ham qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot G‘okalpning g‘oyalari o‘z davridagi dolzarb muammolarga javob bo‘lganini va ularning bugungi kun ijtimoiy hayotida ham ahamiyatini saqlab qolayotganini ko‘rsatadi.
Downloads
Published
2025-03-06
Issue
Section
Articles
How to Cite
ZIYO G‘OKALPNING "TURKCHILIK" G‘OYALARIDA GENDER TENGLIGI MASALALARI. (2025). International Conference on Educational Discoveries and Humanities, 5-14. https://econfseries.com/index.php/4/article/view/977