BO’LAJAK SURDOPEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI DAKTIL VA IMO-ISHORA NUTQI VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH
Keywords:
surdopedagog, kasbiy kompetensiya, imo-ishora tili, daktillash, maxsus ta'lim, o‘quvchilar, ta'lim metodikasi, ijtimoiy ko‘nikmalar.Abstract
Surdopedagoglar, ya'ni eshitish qobiliyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlaydigan mutaxassislar, o‘z kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda imo-ishora tili va daktillash vositalaridan samarali foydalanishlari zarur. Ushbu tadqiqotda surdopedagoglarning imo-ishora va daktillash tillarini o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojlari, bu vositalarning o‘quvchilarga ta'lim berishdagi ahamiyati va rivojlanish jarayonida qanday yordam berishi tahlil qilinadi.
Imo-ishora va daktillash tili vositalari surdopedagoglarning o‘quvchilar bilan samarali muloqot qilishlariga, ularga bilimlarni to‘g‘ri etkazishlariga va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishlariga yordam beradi. Tadqiqotda bu vositalarni o‘rgatishda kreativ yondashuvlar, metodik vositalar va texnologik yutuqlarni qo‘llash zarurligi ta'kidlanadi. Tadqiqot natijalari surdopedagoglarning kasbiy kompetensiyasini yaxshilashga yordam beruvchi tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.