LOLA DARAXTINING MANZARALI VA EKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Liriodendron tulipifera, ko‘kalamzorlashtirish, ekologik moslashuvchanlik, iqlim sharoiti, o‘sish xususiyatlari, manzarali kompozitsiya.Abstract
Maqolada Liriodendron tulipifera L. (Lola daraxti) ning O‘zbekiston sharoitidagi ekologik va manzarali xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqotda ushbu daraxtning biologik o‘sish jarayonlari, ekologik moslashuvchanligi va manzarali kompozitsiyalar yaratishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Lola daraxti tez o‘sishi, tanasining mustahkamligi, yog‘ochining yuqori sifati, shuningdek, barglari va gullarining estetik jozibadorligi bilan ajralib turadi. O‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mazkur daraxt turli agroekologik sharoitlarga moslashuvchan bo‘lib, urbanizatsiyalashgan hududlarda ko‘kalamzorlashtirish va mikroiqlimni yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, uning nektar miqdori yuqori bo‘lib, asalarichilik uchun ham ahamiyatlidir.