BO‘LAJAK FIZIKA O‘QITUVCHILARINING MAXSUS KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI
Keywords:
Bo‘lajak fizika o‘qituvchisi, maxsus kompetentlik, metodik kompetensiya, molekulyar fizika, kasbiy tayyorgarlik, innovatsion yondashuv, raqamli texnologiyalar, simulyatsiya, pedagogik faoliyat, ta’lim samaradorligi.Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining maxsus kompetentligini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Unda raqobatbardoshlikni ta’minlashda ta’lim sifati, inson kapitalini rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va pedagog kadrlarning malakasini oshirishning o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, maxsus va uslubiy kompetensiyaning mohiyati, ularning tarkibiy qismlari hamda molekulyar fizika kursini o‘qitishda metodik yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Eksperimental tahlillar asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, pedagogik faoliyatni modellashtirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari ishlab chiqilgan. Maqola natijalari fizika o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.