MILLAT SALOMATLIGI - YOSHLAR QO‘LIDA
Keywords:
sog‘lom turmush tarzi, millat salomatligi, yoshlar, tibbiy madaniyat, sog‘lom avlod, profilaktika, sport faoliyati, davlat dasturi, psixologik barqarorlik.Abstract
Mazkur tezisda millat salomatligini ta’minlashda yoshlarning o‘rni, ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi mas’uliyati va faol ishtiroki amaliy jihatdan yoritilgan. Bugungi kunda sog‘lom avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan yoshlarning jismoniy, ruhiy va ma’naviy barkamolligini ta’minlash orqali jamiyatning umumiy salomatlik darajasi yuksalmoqda. Ishda sport, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish va tibbiy madaniyatni oshirishning amaliy mexanizmlari, shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush targ‘iboti bo‘yicha innovatsion loyihalar misolida tahlillar keltirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida yoshlar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan davlat dasturlari va ularning ijtimoiy samaradorligi ko‘rsatib berilgan.