YAYLOV YERLARI MONITORINGINI YURITISHDA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY USULLAR TAHLILI
Keywords:
Yaylov monitoringi, geobotanik tadqiqotlar, masofadan zondlash, kosmik suratlar, kartografiya, topografik xaritalar va raqamli texnologiyalar.Abstract
Maqolada qishloq xo‘jaligi yaylovlarini o‘rganish va monitoring qilishda qo‘llanilgan dala, kameral-analitik va kartografik uslublar yoritilgan. Tadqiqotlar davomida geobotanik tekshirishlar O‘zbekistonning tabiiy yaylov va pichanzorlariga oid qo‘llanmalar asosida amalga oshirilib, 1987-yillarda yaratilgan geobotanik xaritalar, topografik xaritalar va ortofotoplanlar asosida tahlil qilingan. Zondlash texnologiyalarining, jumladan, kosmik suratlarning amaliy afzalliklari ko‘rsatib berilgan. Ular orqali katta hududlarni tezkor qamrab olish va yangi topografik hamda mavzuli kartalar yaratish imkoniyatlari ta’kidlangan. An’anaviy usullarning transport va vaqtga bog‘liq cheklovlari qayd etilib, zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan.