MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA MAYDA MOTORIKA RIVOJLANISHIDA QO‘L MEHNATI MASHG‘ULOTLARINING O‘RNI
Keywords:
mayda motorika, maktabgacha ta’lim, qo‘l mehnati, psixomotor rivojlanish, metodika, bolalar faoliyati, harakat koordinatsiyasi, sensor rivojlanish.Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda mayda motorika rivojlanish jarayonida qo‘l mehnati mashg‘ulotlarining o‘rni va ahamiyati ilmiy asosda o‘rganiladi. Mavzuda qo‘l mehnatiga oid mashg‘ulotlarning bolalarning barmoqlar harakatchanligi, koordinatsiyasi va aniqligini shakllantirishdagi pedagogik va psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning individual rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda qo‘l mehnati faoliyatlarini samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Eksperimental tadqiqotlar asosida qo‘l mehnati mashg‘ulotlarining mayda motorika rivojlanishiga ijobiy ta’siri isbotlanadi hamda ta’lim jarayoniga integratsiyalash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.