MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA QO‘L MEHNATI FAOLIYATINI INNOVATSION METODLAR ASOSIDA TASHKIL ETISH
Keywords:
Maktabgacha ta’lim, qo‘l mehnati, innovatsion metodlar, STEAM yondashuvi, Montessori metodikasi, dizayn-o‘ylash, ijodiy rivojlanish, mayda motorika, mustaqil faoliyat, pedagogik texnologiyalar.Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘l mehnati mashg‘ulotlarini innovatsion metodlar asosida tashkil etishning mazmuni, ahamiyati va samaradorligi tahlil qilingan. Qo‘l mehnati faoliyati bolalarning mayda motorika, tafakkur, estetik did, mehnat madaniyati va ijodiy faoliyatini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, shu jumladan, STEAM, Montessori, reggio-emiliya, dizayn-o‘ylash metodlari asosida qo‘l mehnati faoliyatini tashkil qilish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, innovatsion yondashuvlar orqali bolalarning mustaqil faoliyatga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy salohiyatining rivojlanishi kuzatilgan. Maqola tajriba asosida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.