ABS BILAN JIHOZLANGAN M1 TOIFALI AVTOMOBILLARNING TORMOZ TIZIMINI ISHLASH SAMARADORLIGINI BAHOLASH METODIKASI

Authors

  • Abduqahorov No‘monbek Oybek o‘g‘li Termiz davlat muhandislik va agrotexnalogiyalar universiteti stajyor-o‘qituvchi Author

Keywords:

ABS, tormoz tizimi, tormoz samaradorligi, g‘ildirak sirpanishi, avtomobil xavfsizligi, M1 toifasi, modellashtirish, baholash metodikasi.

Abstract

Mazkur tezisda ABS bilan jihozlangan M1 toifali avtomobillarning tormoz tizimi ishini baholash metodikasi ishlab chiqilgan hamda tizimning samaradorligi nazariy, eksperimental va matematik modellashtirish asosida o‘rganilgan. Tadqiqot davomida tormozlash jarayonida g‘ildiraklarning sirpanish darajasi, tormoz masofasi va avtomobil barqarorligi tahlil qilindi. Poligon sinovlari natijalariga ko‘ra, ABS tizimi tormozlanish masofasini 15–25% gacha qisqartiradi, harakat barqarorligini esa sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, tormoz tizimi samaradorligini baholash uchun yangi metodika taklif etildi, u yordamida avtomobilning texnik holatini diagnostika qilish va transport vositalarining faol xavfsizligini oshirish mumkin. Tadqiqot natijalari yo‘l transport hodisalarining oldini olishda va avtomobil tormoz tizimlarini standartlashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Downloads

Published

2025-10-30

Issue

Section

Articles

How to Cite

ABS BILAN JIHOZLANGAN M1 TOIFALI AVTOMOBILLARNING TORMOZ TIZIMINI ISHLASH SAMARADORLIGINI BAHOLASH METODIKASI. (2025). International Conference on Medical Science, Medicine and Public Health, 298-302. https://econfseries.com/index.php/8/article/view/3316