ABS TIZIMINING AVTOMOBIL HARAKAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Keywords:
ABS, tormoz tizimi, xavfsizlik, g‘ildirak sirpanishi, boshqaruv tizimi, sensor, modulyator, innovatsion texnologiyalar.Abstract
Mazkur tezisda avtomobillarda antiblokirovkalash tormoz tizimi (ABS)ning harakat xavfsizligiga ta’siri chuqur o‘rganilgan. Tadqiqot davomida tizimning ishlash prinsipi, asosiy tarkibiy qismlari — g‘ildirak tezligi sensori, elektron boshqaruv bloki va gidravlik modulyatorning o‘zaro aloqasi tahlil qilindi. Eksperimental natijalar ABS tizimi tormozlanish paytida g‘ildiraklarning bloklanishini oldini olishini, to‘xtash masofasini 15–30% gacha qisqartirishini va avtomobil barqarorligini sezilarli oshirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, tizimning ayrim kamchiliklari, xususan, notekis yo‘llarda sezgirlikning pasayishi va diagnostika murakkabligi aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takomillashtirish yo‘nalishlari ishlab chiqildi. Taklif etilgan yechimlar — aqlli sensorlardan foydalanish, yangi avlod gidravlik modulyatorlarini joriy etish hamda ABS tizimini ESP, TCS kabi xavfsizlik tizimlari bilan integratsiyalash orqali avtomobil tormoz tizimlarining ishonchliligi va samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.
