BO’LAJAK SURDOPEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI DAKTIL VA IMO-ISHORA NUTQI VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH
Keywords:
surdopedagog, kasbiy kompetensiya, imo-ishora tili, daktillash, maxsus ta'lim, o‘quvchilar, ta'lim metodikasi, ijtimoiy ko‘nikmalar.Abstract
Ushbu maqola bo‘ladigan surdopedagoglarning kasbiy kompetensiyasini daktillash va imo-ishora nutqi vositasida rivojlantirishning chet el tajribalari asosida tahlil qiladi. Dunyoning turli mamlakatlarida surdopedagoglar va o‘qituvchilarga ta'lim berishda zamonaviy metodlar va texnologiyalarni qo‘llash orqali eshitish qobiliyati cheklangan shaxslarning ta'limi samarali ravishda yaxshilanmoqda. Chet elda surdopedagogika sohasida ilg‘or metodikalar, xususan, imo-ishora tili va daktillash vositalarining integratsiyasi, o‘quvchilarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Ushbu maqolada ingliz, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarining tajribalari keltirilgan bo‘lib, ularning o‘qituvchilari va surdopedagoglari tomonidan ishlatiladigan innovatsion metodlar, texnologik yondashuvlar va ijtimoiy integratsiya usullari muhokama qilinadi. Maqola bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetensiyasini oshirishda daktillash va imo-ishora nutqi vositalarining ahamiyatini ko‘rsatadi va bu metodlarni qanday qilib samarali qo‘llash mumkinligini yoritib beradi.