YANTOQ (ALHAGI MAURORUM) O’SIMLIGINING BIOLOGIK FAOL MADDALARINING MAQBUL EKSTRAKSIYA USULI

Authors

  • Xolmurodov Bahodir Bahrom o’g’li QDTU “OOMT” kafedrasi v.v.b. dots. Author
  • Ishimov Uchkun Jomuradovich QDTU “OOMT” kafedrasi dotsenti Author
  • Choriyev Abdusattor Jo’rayevich TDAU “Biotexnologiya” kafedrasi dotsenti Author

Keywords:

Yantoq (Alhagi maurorum), ekstraksiya, flavonoidlar, HPLC, biologik faol moddalar, rutin, spirt eritmasi, funksional oziq-ovqat.

Abstract

Ushbu maqolada yantoq (Alhagi maurorum) o‘simligining yer ustki qismlaridan biologik faol moddalarni ajratib olishning maqbul ekstraksiya usuli tadqiq etildi. Tadqiqotda suv, 40%, 70% va 96% li etil spirti eritmalari ekstraksiya erituvchisi sifatida qo‘llanildi. Olingan ekstraktlar yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) yordamida tahlil qilinib, flavonoidlar, xususan rutin, kversetin, galik kislotasi va boshqa faol moddalarning miqdori aniqlab chiqildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, 40% spirt eritmasida 5 mg o‘simlik namunasi 200 ml erituvchida ekstraksiya qilinganda eng yuqori darajadagi flavonoidlar, ayniqsa rutin moddasining maksimal miqdori kuzatildi (1,0517 mg). Shuningdek, o‘simlik tarkibida suvda eruvchan vitaminlar mavjudligi ham aniqlanib, ular HPLC orqali qayd etildi. Olingan natijalar yantoq o‘simligini funksional oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqishda istiqbolli xom ashyo manbai sifatida baholash imkonini beradi.

Downloads

Published

2025-07-08

Issue

Section

Articles

How to Cite

YANTOQ (ALHAGI MAURORUM) O’SIMLIGINING BIOLOGIK FAOL MADDALARINING MAQBUL EKSTRAKSIYA USULI. (2025). Scientific Conference on Multidisciplinary Studies, 78-84. https://econfseries.com/index.php/3/article/view/2454