MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA PSIXOLOGIK OʻYIN TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI
Keywords:
maktabgacha taʼlim, psixologik oʻyin texnologiyalari, bolalar psixologiyasi, diagnostik oʻyinlar, koreksion usullar, relaksatsiya, emotsional rivojlanish, kommunikativ, oʻyinlar, shaxsiy rivojlanish, o‘yin terapiyasi, pedagogik yondashuv, psixologik xizmat.Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida psixologik oʻyin texnologiyalaridan foydalanishning samarali usullari tahlil qilinadi. Psixologik oʻyinlar bolalarning emotsional holatini tartibga solish, ijtimoiy muomala ko‘nikmalarini shakllantirish va psixik jarayonlarini rivojlantirishda muhim vosita sifatida eʼtirof etiladi. Maqolada psixologik oʻyinlarning turlari (diagnostik, koreksion, relaksatsion, kommunikativ va rolli oʻyinlar) tavsiflanib, ulardan foydalanishning pedagogik va amaliy usullari yoritilgan. Shuningdek, amaliy misollar asosida bolalarning shaxsiy rivojlanishida oʻyinlarning o‘rni ko‘rsatib berilgan. Maqola psixologlar, maktabgacha taʼlim pedagoglari hamda ota-onalar uchun foydali ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.