ISSIQ IQLIM SHAROITIDA 2-TUR QANDLI DIABETNING PREDIKTORLARI
Keywords:
2-tur qandli diabet, issiq iqlim sharoiti, jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish, prediktorlar, stress, insulin resiztentligi.Abstract
Olimlarning tadqiqotlari natijasida kelgusi o‘n yillikda iqlim o‘zgarishi dunyo sog‘liqni saqlash tizimi uchun katta muammo bo‘lishi kutilmoqda. Haroratning ko‘tarilishi va issiqlik to‘lqinlari, kuchli yog‘ingarchilik va ekstremal ob-havo ayniqsa surunkali kasaligi bor bemorlar uchun juda xavflidir. Qandli diabetga chalingan insonlarning immun tizimi esa aynan iqlim o‘zgarish holatida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va vazodilyatatsiya va terlashning pasayishi, insulin qarshiligi va surunkali past darajali yallig‘laбьknish kabi holatlar diabet bilan kasallangan bemorlarni zaiflashtiradi. Issiq iqlim sharoitlarida 2-tur qandli diabetning prediktorlarini aniqlashda iqlimning organizmga ta’sirini, xususan, metazbolizm, insulin sezgirligi va hayot tarzi omillarini hisobga olish muhimdir.