KONSOLIDATSIYALASHGAN MOLIYAVIY HISOBOTNING INVESTITSION QARORLAR QABUL QILISHDAGI ROLI VA AHAMIYATI
Keywords:
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot, investitsiya, IFRS, korporativ boshqaruv, Taraqqiyot strategiyasi, 2030 strategiya, shaffoflik, investitsion jozibadorlik.Abstract
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish, korporativ boshqaruvni shaffoflashtirish hamda investorlar uchun ishonchli axborot maydonini shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi hamda 2030-yilgacha bo‘lgan Iqtisodiy islohotlar strategiyasi doirasida xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (MHXS/IFRS) o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich kengaymoqda. Konsolidatsiyalashgan hisobot investorlarga korporativ guruhlarning umumiy moliyaviy holati, risk darajasi va rentabellik ko‘rsatkichlarini yaxlit baholash imkonini beradi. Tadqiqotda so‘nggi yillardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari (2024-yilda YaIM o‘sishi 6,2%, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 11,4 mlrd AQSh dollariga yetgan) misolida konsolidatsiyalashgan hisobotning investitsion jozibadorlikka ta’siri yoritilgan.