EVFEMIZMLARNING LINGVISTIK TABIATI VA ULARNING ADABIY NUTQDAGI O‘RNI
Keywords:
Evfemizm, lingvistika, adabiy nutq, stilistika, semantika, pragmatika, tarjima, kommunikativ vazifa, manipulyatsiya, ijtimoiy muloqot.Abstract
Ushbu maqolada evfemizmlarning lingvistik tabiati, ularning adabiy nutqdagi o‘rni va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada evfemizmlarning semantik, pragmatik va stilistik jihatlari hamda ularning ijtimoiy va madaniy omillar bilan bog‘liqligi yoritiladi. Turli ilmiy manbalar, jumladan, Otto Jespersen, Jorj Lakoff va Stiven Pinker kabi olimlarning qarashlari asosida evfemizmlarning inson tafakkuriga ta’siri va kommunikativ vazifalari o‘rganiladi. Shuningdek, evfemizmlarning tarjima jarayonidagi murakkab jihatlari, ingliz va o‘zbek tillaridagi xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Maqola natijalari evfemizmlarning nafaqat yumshatuvchi vosita, balki axborot manipulyatsiyasi, ijtimoiy va siyosiy nutqda ta’sirchan lingvistik element sifatida ham muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.