KAMQONLIK BOSHQA KASALLIKLARNING RIVOJLANISHIDA ASOSIY OMIL BO‘LISHI MUMKIN
Keywords:
Kamqonlik, temir tanqisligi, vitaminlar tanqisligi, qon yo‘qotish, surunkali kasalliklar, yallig‘lanish, oldini olish, davolash, qon hosil bo‘lish.Abstract
Zamonaviy tibbiyotda eng dolzarb muammolardan biri - kamqonlik yoki qon tarkibidagi gemoglobin miqdorining pasayishidir. BMT Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining taxminan 24,8% ushbu kasallikka chalinadi. Ularning taxminan 75% i kamqonlikning temir tanqisligi bilan bog‘liq holatlardir, bu esa kasallikning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Temir va boshqa mikroelementlar yetishmovchiligining asosiy sababi esa noto‘g‘ri va muvozanatsiz ovqatlanish, shuningdek, zaruriy vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarning yetishmasligidir.
Bundan tashqari, kamqonlikni rivojlanishida boshqa omillar ham muhim rol o‘ynaydi, masalan, surunkali kasalliklar, qon yo‘qotish va qon hosil bo‘lish jarayonlaridagi buzilishlar. Zamonaviy fan va tibbiyot bu kasallikni oldini olish va davolash usullarini faol o‘rganmoqda, ushbu kasallikni bartaraf etish uchun yangi yondashuvlar ishlab chiqilmoqda.
Ushbu maqola orqali kamqonlik kasalligining yuzaga kelish sabablari, uning rivojlanish mexanizmlari va ushbu kasallikni oldini olish hamda davolash usullarini so‘nggi ilmiy tadqiqotlar va adabiyotlar asosida tahlil qilishdan iborat.