KIBERVIKTIMIZATSIYANING KRIMINOLOGIK OMILLARI VA UNING OLDINI OLISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi kibermakon va undagi huquqbuzarliklar muammosini global darajaga olib chiqdi. O'zbekiston Respublikasi "Kiberxavfsizlik to'g'risida"gi Qonunida kiberhujum "kibermakonda apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalardan foydalangan holda qasddan amalga oshiriladigan, kiberxavfsizlikka tahdid soladigan harakat" deb ta'riflanadi.1 Bu sharoitda kiberviktimizatsiya, ya'ni shaxsning kiberjinoyatlar qurboniga aylanish jarayoni, kriminologik tahlil talab qiladigan muhim masalaga aylandi. Ayniqsa, voyaga yetmaganlarning kiberviktimizatsiyasi, uning sabablari, omillari va profilaktikasi dolzarb ahamiyatga ega.
Tezisda kiberviktimizatsiyaning kriminologik omillari, uning voyaga yetmaganlarga ta'siri, shuningdek O'zbekiston sharoitida kiberviktimizatsiyaning oldini olish bo'yicha huquqiy va ijtimoiy istiqbollar tahlil qilinadi.