HAKAMLIK SUDLARINING HUQUQIY TABIATI VA ZAMONAVIY NIZOLARNI HAL ETISHDAGI O‘RNI
Keywords:
hakamlik sudi, fuqarolik prosessi, huquqiy tabiati, sudga tegishlilik, qonun, kodeks, zamonaviy nizo.Abstract
Hozirgi kunda davlatni demokratik jihatdan yuksaltirish va qonunchilikni takomillashtirish sharoitida sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar, avvalo, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan. Mazkur jarayonda hakamlik (arbitraj) sudlari institutining o‘rni tobora ortib bormoqda hamda u zamonaviy huquqiy tizimda muqobil nizolarni hal etish mexanizmi sifatida shakllanmoqda. Ushbu tezisda hakamlik sudlarining huquqiy tabiati, ularning xalqaro va milliy huquqiy manbalardagi o‘rni, shuningdek, zamonaviy huquqiy nizolarni hal etishdagi samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Shu bilan birga, amaliyotda kuzatilayotgan muammolar, hakamlik sudlarining huquqiy tabiati va zamonaviy nizolarni hal etishdagi o‘rni, xususan sudyalar bilan bog‘liq holatlar yoritilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.