AHOLINING DAROMADINI OSHIRISHDA KICHIK BIZNESNING AHAMIYATINI STATISTIK O'RGANISH
Keywords:
kichik biznes, aholi daromadi, bandlik, moliyaviy resurslar, soliq yengilliklari, iqtisodiy rivojlanish.Abstract
Ushbu maqolada kichik biznesning aholi daromadini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kichik biznesning rivojlanishi bandlik darajasining oshishi, uy xo‘jaliklarining daromadlarini ko‘paytirish va iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.Maqolada xalqaro va O‘zbekiston tajribasiga asoslangan holda, kichik biznesning iqtisodiy barqarorlikka ta’siri statistik tahlillar asosida ko‘rib chiqiladi.Shuningdek, maqolada kichik biznes egalari duch keladigan asosiy muammolar – moliyaviy resurslarga cheklangan kirish, soliq yukining yuqoriligi va infratuzilma kamchiliklari – atroflicha muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, kichik biznesni rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar beriladi.