FIZIKA FANINI O‘QITISHDA RAQAMLI TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH
Keywords:
Raqamli ta’lim vositalari, PhET Interactive Simulations, 3D modellar, interaktivlik, vizuallik, internet orqali foydalanish, simulyatsiyalar.Abstract
Raqamli ta’lim vositalari, masalan, virtual laboratoriyalar, simulyatorlar, interaktiv taqdimotlar va o‘quv dasturlari, talabalarga fizikaning murakkab tushunchalarini yanada osonroq va samaraliroq o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Bu vositalar nafaqat fizika fanini o‘rgatishda o‘qituvchining samaradorligini oshirishga, balki talabalarni mustaqil ishlashga va o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llashga rag‘batlantirishga yordam beradi. Ushbu mavzu, raqamli vositalarning fizika ta’limida qanday qo‘llanishini tahlil qilib, o‘quvchilarga ilmiy tushunchalarni interaktiv va qiziqarli tarzda yetkazishning muhimligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, raqamli ta’limning imkoniyatlari va cheklovlarini ham o‘rganadi. Mavzu o‘quv jarayonini yanada jonli va samarali qilishda raqamli vositalarning ahamiyatini tushunishga yordam beradi.