KAR VA ZAIF ESHITUVCHI YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING AXBOROT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI VA TAMOYILLARI
Keywords:
Kar o‘quvchilar, zaif eshituvchi o‘quvchilar, axborot kompetensiyasi, axborot texnologiyalari, metodik tamoyillar, inkluziv ta'lim, yuqori sinf, pedagogik omillar, o‘quvchi rivojlanishi, ta'limda yondashuvlar.Abstract
Mazkur maqolada kar va zaif eshituvchi yuqori sinf o‘quvchilarining axborot kompetensiyasini rivojlantirish omillari va tamoyillari tahlil qilinadi. O‘quvchilarning axborot texnologiyalarini samarali va mazmunli ravishda ishlatish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan omillarni, metodik yondashuvlarni va ta'lim jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan tamoyillarni ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqola o‘quvchilarning axborot kompetensiyasini rivojlantirishda metodik vositalar, darsliklar, o‘quvchilarning individual xususiyatlari va o‘qituvchilarining o‘qitish uslublarining muhimligini yoritadi. Maqola pedagogik nazariya va amaliyotga asoslanib, o‘quvchilarning axborot kompetensiyasini oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish va ta'limda inkluziv yondashuvni qo‘llash masalalariga e'tibor qaratadi.