TURK XOQONLIGI: DASTLABKI DAVLATLILIK SHAKLLARI VA ULARNING O‘RTA OSIYO TARIXIDAGI ROLI
Keywords:
Turk Xoqonligi, Bumin hoqon, Istami hoqon, Buyuk Ipak yo‘li, Eron-Vizantiya-Turk ittifoqi, So‘g‘diylar, Eftalitlar, Turk qabilalari, runik yozuvlar, urushlar va diplomatiya, O‘rta Osiyo tarixi.Abstract
Ushbu maqolada VI asrning ikkinchi yarmida Janubiy Sibir va Shimoliy Mongoliya hududlarida shakllangan Turk qabilalar ittifoqining siyosiy kuchga aylanishi, Turk Xoqonligining tashkil topishi va uning O‘rta Osiyo hamda Evrosiyo tarixidagi o‘rni yoritib beriladi. Maqolada asosiy e’tibor Turk Xoqonligining tashqi siyosati, Eron va Vizantiya bilan bo‘lgan diplomatik aloqalari, Buyuk Ipak yo‘li ustidan nazoratni qo‘lga kiritish yo‘lidagi harakatlariga qaratilgan. Shuningdek, hoqonlikning ichki siyosiy tuzilmasi, harbiy yurishlari, manbalarda keltirilgan rivoyatlar hamda ilk turkiy etnik nomlarning shakllanishi masalalari tahlil qilinadi. Manba sifatida Vizantiya, Xitoy, arab va turkiy tarixchilarining asarlari, shuningdek, Urxun-Enisey yozuvlari asos qilib olingan.