ISLOM KAPITAL BOZORINI TARTIBGA SOLISH ISTIQBOLLARI: SUKUK INSTRUMENTINI JORIY ETISH ZARURATI VA HUQUQIY ASOSLARI

Authors

  • Abdumutaliyeva Feruza Egamberdi qizi Toshkent davlat yuridik universiteti, “Xalqaro tijorat huquqi” yo‘nalishi magistranti Author

Keywords:

islom kapital bozori, sukuk, islomiy moliya, investitsiyalar, huquqiy asoslar, moliyaviy inklyuziya, moliyaviy vositalar, O‘zbekiston iqtisodiy islohotlari.

Abstract

Ushbu ilmiy ishda islom kapital bozorining muhim tarkibiy qismi hisoblangan sukuk instrumentining mazmuni, huquqiy asoslari hamda uni O‘zbekistonda joriy etish zarurati chuqur tahlil qilingan. Dastlab, global miqyosda sukuk bozori va uning tez sur’atlarda o‘sishi statistik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqiladi. So‘ngra, sukukning asosiy turlari va ularning moliyaviy-islomiy tamoyillarga mosligi yoritiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston sharoitida sukukni amaliyotga tatbiq etish istiqbollari, mavjud normativ-huquqiy baza va PF-6207-sonli Prezident farmoni doirasidagi islohotlar muhokama qilingan. Muallif O‘zbekistonda islom moliyasi va sukuk bozori salohiyatining hali to‘liq ishga solinmaganini ta’kidlab, ushbu sohada huquqiy infratuzilmani kuchaytirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Ish yakunida, sukuk instrumentining joriy etilishi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun halol, barqaror va xalqaro investitsiya jihatdan raqobatbardosh muhit yaratishda muhim o‘rin tutishi mumkin degan xulosa berilgan.

Downloads

Published

2025-06-19

Issue

Section

Articles

How to Cite

ISLOM KAPITAL BOZORINI TARTIBGA SOLISH ISTIQBOLLARI: SUKUK INSTRUMENTINI JORIY ETISH ZARURATI VA HUQUQIY ASOSLARI. (2025). International Conference on Modern Science and Scientific Studies, 193-202. https://econfseries.com/index.php/5/article/view/2213