MOTIVATSIYA VA WEB PLATFORMALARDAN FOYDALANISH ORQALI MATEMATIKANI O‘QITISHDA TALABALARNI RAG‘BATLANTIRISH USULLARI
Keywords:
motivansiya, o‘qitish imkoniyatlari, zamonaviy web-platformalar, Moodle, Khan Academy, Coursera, Gamifikatsiya.Abstract
Ushbu maqola zamonaviy ta'limda matematikani o‘rgatish jarayonini samarali qilish uchun motivatsiya va raqamli vositalardan qanday foydalanish mumkinligini o‘rganadi. Matematikada talabalar ko‘pincha qiyinchiliklarga duch keladilar, shuning uchun ularni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va muvaffaqiyatga erishish uchun rag‘batlantirish juda muhimdir. Ushbu maqolada web platformalar, masalan, interaktiv ta'lim resurslari, gamifikatsiya elementlari, onlayn testlar va videodarslar yordamida talabalarni qanday rag‘batlantirish mumkinligi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, motivatsiya nazariyalari va pedagogik yondashuvlarning o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Web platformalarning imkoniyatlaridan foydalanish talabalar uchun matematikani o‘rganishni qiziqarli va interaktiv qilishga yordam beradi. Maqolada shuningdek, motivatsiyani oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar, o‘quvchilarni muvaffaqiyatga erishishga undash va ularning bilim darajasini oshirish yo‘llari ko‘rsatiladi. Bu ish matematikani o‘rgatishda innovatsion pedagogik yondashuvlarning ahamiyatini ta'kidlaydi.