AGATA KRISTINING INDIVIDUAL USLUBI VA TARJIMA MUAMMOSI (“10 TA NEGR BOLASI” ROMANI MISOLIDA)
Keywords:
Agata Kristi, detektiv janr, individual uslub, tarjima nazariyasi, tarjima muammolari, stilistik xususiyatlar, madaniy realiyalar.Abstract
Mazkur maqolada jahon adabiyotining mashhur vakili Agata Kristining detektiv janrda yozilgan “10 ta negr bolasi” (“And Then There Were None”) asari misolida uning individual uslubi tahlil qilinadi. Asarda muallifning syujet qurishdagi murakkablik, personajlar psixologiyasini chuqur yoritish, til va uslubdagi o‘ziga xoslik kabi jihatlari o‘rganiladi.
Maqolada, shuningdek, asarning o‘zbek tiliga tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar, ya’ni konnotatsiya, madaniy realiyalar, metafora va iboralarni mos tarzda yetkazishdagi qiyinchiliklar ko‘rib chiqiladi. Agata Kristining uslubiga xos bo‘lgan ironiya, subtekst, ijtimoiy fon va tarixiy kontekstni tarjimada to‘liq aks ettirish zarurligiga urg‘u beriladi.
Maqola tarjimonning nafaqat lingvistik, balki madaniyatlararo tafakkur doirasida ishlash zarurligini ta’kidlaydi va asarni tarjima qilishda adabiy va stilistik sadoqatning o‘rni yoritiladi.