SUN’IY INTELLEKTDA ANTONIMIYANI ANGLASH VA QAYTA ISHLASH MASALALARI
Keywords:
antonimiya, sun’iy intellekt, ma’noshunoslik, kognitiv lingvistika, transformer, GPT, BERT, korpusli tahlil, metafora, ijodkorlik.Abstract
Mazkur maqolada sun’iy intellekt tizimlarining inson ma’noshunosligida muhim o‘rin tutadigan antonimiyani qanday anglashi, qayta ishlashi va modellashtirishi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Antonim juftliklar inson fikrlashining dixotomik tabiati, leksik va kognitiv sistemalarida markaziy o‘rin egallashi sababli, sun’iy intellekt modellarining ularni to‘g‘ri tushunishi ijodiy va ma’naviy axborotni qayta ishlashda muhim ahamiyatga ega. Maqolada korpusli tahlil, transformer modellar (GPT, BERT) orqali eksperimentlar va inson baholovchilari ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruvlar asosida SIning antonim juftliklarni taniy olish qobiliyati o‘rganildi. Natijalar SI modellari an’anaviy antonimlar bilan yaxshi ishlay olishini, biroq metaforali, pragmatik va madaniy juftliklarni tushunishda samarasizligini ko‘rsatdi. SHu sababli, antonimiyani modellashda faqat formal yondoshuv yetarli emasligi, inson kognitiv tajribasi, kontekst va madaniy interpretatsiyani hisobga olish zarurligi ta’kidlanadi. Maqolada kelgusidagi tadqiqotlar uchun metodologik takliflar ham ilgari surilgan.